SAMARQAND VILOYAT OʻLKASHUNOSLIK MUZEYI

SAMARQAND VILOYAT OʻLKASHUNOSLIK MUZEYI — madaniy-maʼrifiy muassasa. 1979-y. Samarqand sh. da Oʻzbekiston madaniyati va sanʼati tarixi muzeyi toʻplamlari negizida tuzilgan. 1983-y. dan Samarqand davlat birlashgan tarixiymeʼmorlik va badiiy muzeyqoʻriqxonasi boʻlimi. Muzeyda tabiat va tarix boʻlimlari bor. Ekspozitsiyalarda viloyat hayvonot va oʻsimlik dunyosi, shu jumladan, «Kizil kitob»ga kiritilgan yoʻqolib borayotgan hayvon va oʻsimlik turlari xam qoʻyilgan; viloyat tarixi asl hujjatlar, nodir fotosuratlar va b. vositalarda yoritilgan. Muzey binosi (sobiq savdogar A. Kalontarov uyi)ning oʻzi nodir meʼmoriy obidadir; unda 19-a. oxiri — 20-a. boshlari Samarqand meʼmorlari va ustalarining anʼanaviy sanʼati va mahorati (ganch oʻymakorligi, naqqoshlik va b. sanʼatlar) namoyon boʻlgan. Muzey madaniy-maʼrifiy ishlar, turli tadbirlarni amalga oshiradi, koʻrgazmalar tashkil kiladi. 2001-y. dan videolektoriy ishlab turibdi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x