«SAMARQAND USHSHOGʻI» — Ushshoqning Hoji Abdulaziz Rasulov kayta ishlab bastalagan yoʻli. «Ushshogʻi Hoji», «Daromadi Ushshoq» deb ham yuritiladi. «Samarqand Ushshogʻi»ga Uzzolning ohanglari daromad kilib olingan va keyingi ashula jumlalari Ushshoq ohanglariga ulanib ketgan. Avjida Ushshoq va Uzzol namudlari ishlatilgan. «Samarqand Ushshogʻi»ning yirik va qisqaroq variantlari mavjud boʻlib, dastlab Zebunnisoning «injost» radifli gʻazali, keyinchalik Masiho, Komil, Ogahiy gʻazallari bilan ham aytila boshlangan. «SU.» kuyidan T. Sodiqov va R. Glier «Layli va Majnun», A. Kozlovskiy «Ulugʻbek» operalarida foydalanishgan.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые