SAMARQAND TIBBIYOT INSTITUTI (SamTI), Samarqand davlat tibbiyot instituta — tibbiyot oliy oʻquv yurti. 1930-y. da tashkil etilgan. 1933-y. Oʻzbekiston universiteta ftiga aylantirilgan, 1935-y. da yana mustaqil in-t boʻlib ajralib chikdi va oʻsha yili uning ixtiyoriga Samarqand klinik kasalxonasi oʻtkazildi. SamTI da 3 ft (davolash, pediatriya va vrachlar malakasini oshirish), 2 boʻlim (oliy malakali hamshira, tibbiy pedagogika), 56 kafedra, klinika, shuningdek, anesteziologiya, neyroxirurgiya, urologiya va b. sohalar boʻyicha mustaqil kurslar hamda markaziy ilmiy tadqiqot lab. si bor (2004). Lab. da morfologik, immunologik tadqiqot boʻlimlari mavjud. In-tda 490 dan ortiq oʻqituvchilar faoliyat koʻrsatadi, shulardan 68 kishi fan d-ri, 49 kishi prof., 172 nafari fan nomzodi, 119 nafari dotsent, 5 kishi xizmat koʻrsatgan fan arbobi va 6 kishi Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sogʻliqni saklash xodimi unvoniga ega.
SamTI da oʻlka patologiyasi, jumladan, issiq ikdim sharoitida meʼdaichak, yuraktomir kasalliklari va b. mavzularda tadqiqot ishlari olib boriladi. Int hozirgacha 28742 vrach va 27 ta oliy maʼlumotli hamshira tayyorladi, shuningdek, 20210 vrach oʻz malakasini oshirdi va qayta tayyorlandi (2004).