SAMARQAND QOʻGʻIRCHOQ TEATRI

SAMARQAND QOʻGʻIRCHOQ TEATRI, Asror Joʻrayev nomidagi Samarqand viloyat qoʻgʻirchoq t yeatri — bolalar teatri. 1978-y. 1 sent. da Gʻayratiyning «Ali kichkina» spektakli bilan ochilgan. Teatr jamoasi teatr va rassomlik sanʼati intini tugatgan 18 nafar yoshlardan tashkil topdi. Yangi teatrga Odil Norboyev bosh rej., B. Rubinov bosh rassom etib tayinlandi. «Qaqildoq» (L. Boboxonov), «Satirik miniatyuralar qoʻgʻirchoklari oʻynaganda» (YULasskiy), «Kishki ertak» (V. Iogelson, A. Anisimov) va b. birinchi mavsum spektakllari boʻldi. Bular orasida tomoshabinlarga manzur boʻlgan «Dadavoy dangasa» (L. Mahmudov) 1000-martaba qoʻyilgan. Teatr oʻzbek va rus guruhidan iborat. Yosh teatr jamoasining yuksalishi, repertuarini shakllanishi, aktyor va rej. larni toʻgʻri yoʻnaltirishda V. S. Iogelson, 3. L. Alibekovalarning xizmati katta. «Timsoh gena», «Ajoyib ertak», «Pahlavonlar qayerga ketishdi», «Alijon sehrgar» kabi spektakllarni oʻzbek va rus tillarida V. Iogelson sahnalashtirdi. Opasingil Zloyanovalar, O. Abdullayev, S. Rizazada, N. Volokitina, R. Nizomboyev, M. Mirzaahmedov, M. Muhiddinova kabi aktyorlar spektakllar muvaffakiyatini taʼminladilar. «Samar va Kand» M. (Xalil), «Obi hayot» (M. Ashurova), «Baxilning bogʻi koʻkarmas» (J. Maxmudov), «Oʻrmondagi voqea», «Kachal Botir hangomasi», «Fleytachi Santa», «Yaxshi va yomon», «Uchar gilam», «Sehr saltanati» (A. Boboaliyev), «Morozko», «Dyuymovochka» (V. Diyorova), «Makkor tulkicha», «Biz Vinni Pux boʻlib oʻynaymiz» (A. Mil), «Hoji tamtam hangomasi» (B. Muhammadiyev) kabi spektakllar teatrda soʻnggi yillar qoʻyilgan eng yaxshi asarlardir. 2002-y. Yaponiya va Jan. Koreyada oʻtkazilgan futbol boʻyicha jahon chempionatiga bagʻishlab YUNESKO tomonidan tashkil etilgan «Deyjon qoʻgʻirchoq teatri va koʻcha ijrochiligi» festivalida «Hoji tamtam hangomasi» spektakli bilan qatnashib sovrin olgan. Teatr hoz. kunda ijodiy jihatdan yuksalish yoʻlida. 1992-y. H. Olimjon nomidagi teatr binosiga koʻchib oʻtgan. A. Muhammadjonov, N. Hojimetova, M. Malikov, A. Abdurazzoqov, J. Jabborov, Ye. Xoʻjayeva va b. yetakchi aktyorlardir.

Eson Oʻrinov.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x