SAMARQAND-QARSHI AVTOMAGISTRALI (A378) — Oʻzbekiston xududidagi xalqaro ahamiyatli avtomobil yoʻli, umumiy uz. 138 km. Yoʻl I—III toifali, asfaltbeton qoplamali. Yilning kuzqish fasllarida Toshkent — Termiz (Ml39) xalqaro avtomagistralining (q. Kamma Oʻzbekiston trakti) Samarqand va Qashqadaryo viloyatlari oraligʻidagi Taxtaqoracha dovonidan oʻtuvchi qismida ogʻir yukli avtopoyezdlarining qatnovini taʼminlash, Samarqand—Qashqadaryo viloyatlari oʻrtasida avtobus harakatini yoʻlga qoʻyish va xalq xoʻjalik yuklarini tashishda muhim oʻrin tutadi. Yoʻddagi transport harakati jadalligi 4000— 6000 avtomobil/kunni tashkil kiladi (2003).
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые