SAMARQAND MEʼMORLIKQURILISH INSTITUTI

SAMARQAND MEʼMORLIKQURILISH INSTITUTI, Mirzo Ulugʻbek nomidagi Samarqand davlat meʼmorlik-qurilish instituti — meʼmorlik va kurilish sohasida yuqori malakali kadrlar tayyorlovchi oliy oʻquv yurti. 1966-y. Samarqand sh. da tashkil topgan.

Int bakalavriaturasining kunduzgi va sirtqi boʻlimlarida 14 yoʻnalishda 2200 dan ortiq talaba taʼlim oladi, 8 yoʻnalish magistratura, 10 ixtisoslik boʻyicha aspirantura va 3 yoʻnalish boʻyicha doktorantura faoliyat koʻrsatadi. In-tda 6 ta ft, 33 ta kafedrada 274 prof. oʻqituvchi (jumladan, 1 Oʻzbekiston FA akad., 1 BA akademigi, 21 fan d-ri va prof., 137 fan nomzodi va dotsent) ishlaydi (2004). Intda, shuningdek, malaka oshirish fti, «Biznes inkubator», «Mintaqaviy iqtisodiy taʼlim markazi», «Biznes — intellekt» xalqaro biznes maktabi, litsey internata, texnik litsey, masofaviy oʻqitish va kompyuter texnologiyalari markazi, loyihalash tadqiqot ustaxonasi, Talabalar konstruktorlik byurosi, Kurilish materiallari va konstruksiyalarining mustahkamligini aniklovchi sinov markazi, 3 ta ilmiy lab., tadqiqotlar poligoni, kutubxonasi, sport zali, suzish havzasi va b. bor. «Meʼmorlik va kurilish muammolari» ilmiytexnik jur. (2000-y. dan) va «Binokor» koʻp tirajli gaz. (1998-y. dan) nashr etiladi. Int faoliyati A. Oqilov, E. Aliqulov, I. Jumayev, T. Shirinqulov, T. Xolmatov, 3. Yusupov, N. Shodiyev kabi olimlar nomlari b-n bogʻliq. Int binosi tarhi 110×14 m, 8 qavatli, assimetrik mujassamotga ega. Bosh oʻquv korpusi in-t qoshidagi loyiha eksperimental ustaxonasi(1972-y. da tashkil boʻlgan)da loyihalashtirilgan (1984, meʼmori O. Ibrohimov, Yu. Zokirova). Koshin, gʻozgʻon marmari va tabiiy toshlar, shuningdek, quyosh nuridan saqlovchi moslamalar b~n jihozlangan. Hududida Ulugʻbek haykali oʻrnatilgan (1968).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x