SAMARQAND MAKONI

SAMARQAND MAKONI — soʻnggi paleolit davriga oid yodgorlik (mil. av. 40—12 ming yillik). Samarqand sh. da, uncha katta boʻlmagan Chashmasiyob soyining oʻng qirgʻogʻida joylashgan. 1939-y. da N. G. Xarlamov tomonidan ochilgan. Shundan soʻng turli yillar (1958-y. dan 1967-y. gacha)da D. N. Lev, M. J. Joʻraqulov, B. X. Botirov, Yu. P. Xolyushkin va V. A. Xolyushkina kabi tadqiqotchilar tomonidan oʻrganilgan. Soʻnggi paleolitga oid 3 ta — yuqori, oʻrta va quyi madaniy qatlamlar aniqlangan. Tadqikotlar natijasida 6 mingdan ziyod hayvon suyaklari, juda koʻplab tosh qurollar topilgan. Bu topilmalar aholining, asosan, ovchilik bilan shugʻullanganligidan dalolat beradi. Nayza oʻq uchlari, asosan, tosh va suyakdan, qisman yogʻochdan ishlangan. Sm. jamoasi xoʻjaligida yogoch va suyakni qayta ishlash hamda tosh kurollar tayyorlash muhim ahamiyatga ega boʻlgan. Tosh, suyak va chigʻanoqdan takinchoqlar yasashgan. Makonda hunarmandchilik b-n shugʻullanish uchun maxsus maydon boʻlgan. Tosh qurollar yasash uchun xom ashyo Choʻponotadan keltirilgan. Ishlab chiqaruvchi kuchlarning asosi boʻlgan mehnat qurollari astasekinlik bilan takomillashib borgan. Makondagi har uchala qatlamdan topilgan topilmalar shundan dalolat beradi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x