Samarqand davlat chet tillar instituti kirish ballari, qabul kvotalari
Manzil:
Samarqand viloyati, Samarqand shahri, Bo‘stonsaroy ko‘chasi, 93- uy, pochta indeksi: 140104Samarqand davlat chet tillar instituti O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1994-yil 8-noyabrdagi Farmoni bilan tashkil etilgan. Hozirda institut oliy va o‘rta maxsus ta’lim va xalq ta’limi sohalariga hamda turizm infratuzilmasiga yuqori malakali xorijiy filologiya mutaxassislari, shuningdek, gid-tarjimonlar tayyorlashning xalqaro miqyosda e’tirof etilgan nufuzli yirik markazlaridan biriga aylandi.
Institutda hozirda 3 fakultet, 14 kafedra, 14 til va madaniyat markazlari, mintaqaviy til o‘rgatish markazi, Ta’lim sifati ta’minoti va innovatsiyalar markazi, eng zamonaviy o‘quv va multmedia uskunalari bilan jixozlangan Axborot – resurs markazi mavjud.
FAKULTETLAR: Ingliz tili fakulteti, Roman — German tillari fakulteti, Tarjima nazariyasi va amaliyoti fakulteti