SAMARQAND DARVOZALARI

SAMARQAND DARVOZALARISamarqand sh. dagi tarixiy darvozalar. Samarqand oʻrta asr shahar qurilishi anʼanalari asosida bunyod etilgan. Hoz. Samarqand sh. oʻrnida (qad. Samarqand — Afrosiyob yodgorligi moʻgʻullar tomonidan vayron etilmasdan ancha oldin) 10-a. dayoq turli kasbdagi aholi yashaydigan mahallalar mavjud boʻlgan. 11-a. da bu mahallalar bir nechta darvozalari boʻlgan devor bilan oʻralgan. Arab sayyohi Ibn Bammyma oʻz asarida Samarqandni Oʻrta Osiyodagi eng katta, goʻzal va obod shaxarlardan biri sifatida taʼriflagan. Moʻgʻullar ucmwrocu natijasida vayron qilingan shahar (q. Samarqand mudofaasi) Amir Temur tomonidan tiklangan. Mudofaa devorining koʻrinishi joyning mikrorelyefidan kelib chiqkan holda egribugri chiziq koʻrinishida boʻlib, bu devorlarni oʻz koʻzi bilan koʻrgan Boburnmit maʼlumotiga koʻra, uning ustida otliq bemalol yurolgan. Shahar 2 qism: gʻarb tomonda joylashgan ark va hisordan iborat boʻlgan. Umumiy maydoni taxm. 4,1 km2 boʻlgan. Shahar arkida 2 darvoza boʻlib, asosiy darvoza sharq tomonda boʻlgan. Keyinchalik u Oq darvoza nomi bilan atalgan. 2darvoza jan. tomonda boʻlgan.

Shaharning 6 ta darvozasi boʻlib, 1darvoza — Shim. tomonda joylashgan Namozgoh deb atalib bu darvoza 15-a. da Shayxzoda deb ham nomlangan. Undan Koʻyi Malik (Shoh yoʻl) degan yoʻl oʻtgan boʻlib Buxoroga ketilgan. 2darvoza Bob ulHadid deb atalib, u 15-a. da Ohanin yoki Temir darvoza deb atalgan. Undan Qusam ibn Abbos mozori tomon yoʻl utgan. Shuning uchun shu nom bilan ham atalgan. Yana Qarshi darvozasi nomi bilan ham yuritilgan. Sharq tomondagi 3darvoza Mashhad deb nomlangan boʻlib, temuriylarga mansub boʻlgan aslzodalardan Feruz shoh nomi bilan Feruz darvozasi deb atalgan. Jan. tomonda 4—5darvozalar joylashgan. 4darvoza igna yasovchilar (suzangaron) maxallasi nomi bilan Suzangaron deb atalgan. 5darvoza esa avval Korizgoh, keyinchalik esa Xoja Ahror nomi bilan atalgan. 6darvoza gʻarbiy devorda arkdan jan. rokda joylashgan bulib Chorsu darvozasi deb, keyinchalik Chorraxa deb atalgan.

Shahar darvozalari badiiy jihatdan zamon ruhiga mos tarzda ulugʻvor koʻrinishda qurilgan bulib, peshtoqlarining 2 tarafida mustahkam minoralar boʻlgan, devorlari esa turli ranglarda tovlanuvchi hashamdor koplamalar bilan bezatilgan. Darvozalar orkali ilon izi koʻrinishida yoʻnalgan va shu darvozalar nomi bilan atalgan yoʻllar shahar markazida joylashgan bozorga olib borgan. Bu yoʻllarni kengaytirish va toʻgʻri chiziq koʻrinishida Kayta taʼmirlash maksadida Amir Temurning 1404-y. bergan buyrugʻi natijasida bir qancha ishlar amalga oshirilgan, lekin shu yili kish qattik sovuq boʻlib, qalin yoqkan kor va Amir Temurning bevaqt vafoti natijasida qurilish toʻxtab kolgan.

Garchi 15-a. larga kelib, shahar asl holatini yoʻkotsada, Abu Sayd va uning oʻgʻli Sulton Ahmad davrida kurilish davom etdi. Ohanin darvozasidan Registon tomonga va undan Chorsu darvozasi tomon ravon yoʻllar, atroflarida sotuv rastalari kad. koʻtargan. 17-a. ga kelib yangi qurilishlar, taʼmirlash ishlari sustrok boʻlsa ham yana davom etadi. 18-a. ning 20y. larida shahar inqirozga uchrab uzoq vaqt boʻshab qoldi. Shahardagi meʼmoriy yodgorliklar, jumladan, darvozalar xam xarobaga aylandi. Turkistonning Rossiya tomonidan bosib olinishi natijasida Samarqandning jan. gʻarbiy qismida rus shaharsozligi anʼanalari asosida qurilishlar boshlandi. Kds. bino va inshoatning kupi buzilib ketdi, shu jumladan, darvozalar ham butunlay yoʻq qilindi.

Oʻtkir Alimov.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x