SAMARQAND CHOY QADOQLASH FABRIKASI

SAMARQAND CHOY QADOQLASH FABRIKASI — eng toʻngʻich sanoat korxonalaridan biri. Oʻzbekiston yogʻmoy va oziq-ovqat sanoati uyushmasi tarkibida faoliyat koʻrsatadi. Davlat korxonasi. f-ka 1923-y. da tashkil etilgan. U paytda choy 200 g li qilib, qoʻlda qadoqlangan. 1938-y. da fabrikaning yangi binosi ishga tushirilgan, 2-jahon urushi davrida kengaytirilgan. 1950—60 y. larda yiliga 12—15 ming t choy ishlab chikarilgan. 1980—90 y. larda qoʻshimcha zamonaviy choy qadoqlash uskunalari oʻrnatilib, yillik choy i. ch. quvvati 28—30 ming t ga yetkazildi.

1996-y. da korxonada Hindistonda ishlab chiqarilgan texnologik uskunalar oʻrnatilib, choy qadoklashda yangi rangli polimer plyonkalardan foydalanish joriy etildi. Fabrikada qadoqlanayotgan choy maxsulotlari va yordamchi mahsulotlar, asosan, Hindiston va Xitoydan keltiriladi. Mahsulotlar mamlakatimiz ichki bozorida sotiladi. 2002-y. da 2238 t qadoqlangan choy ishlab chikarildi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x