«SAMARQAND» — jadidlarning ijtimoiy-siyosiy, adabiy-badiiy gazetasi. 1913-y. 15 apr. dan Samarqand sh. da haftada 2-marta oʻzbek, fors va rus tillarida chiqqan. Noshiri va muxarriri — Mahmudxoʻja Behbudiy (1874 — 1919). «Samarqand»da Turkiston oʻlkasi xalqlarining taraqqiyoti koʻzlangan va jamiyatdagi islohotlarni yoqlovchi maqolalar va sheʼrlar chop etilgan.
Yevropa va AQSHda nashr etiladigan gaz. lar va ularning oʻquvchilari haqida ham xabarlar berilgan. Hoji Muin, Munavvarqori, Fitrat, Kamiy, Saidrizo Alizoda, SiddiqiyAjziy, Nusratilla Qudratilla oʻgʻli (Milliy), Rojiy va b. jadid adiblarining asarlari eʼlon qilib turilgan. Adadi 400—600 nusxadan iborat boʻlgan. 1913-y. 17 sent. da 45soni chiqqach, moddiy qiyinchilik sababli toʻxtagan. Bu vaqtda M. Behbudiy «Oyna» jur. ni chikarishni boshlagan.
Ad.: Abduazizova N. A., Turkiston matbuoti tarixi (1870-1917), T., 2000.