SAMARA

SAMARA (1936—91 y. larda Kuybishev) — RFdagi shahar, Samara viloyati markazi. Volga daryosining chap sohilidagi port, Vol gaga Samara daryosi quyilgan joyda. T. y. tuguni. Aholisi 1160,3 ming kishi (1998). Mashinasozlik va metallsozlik (aviakosmik texnika, neft sanoati jihozlari, motorsozlik, radioelektronika, priborsozlik va b. ; podshipnik, avtotraktor elektr jihozlari, elektrotexnika va b. i. ch.); neftni qayta ishlash va neft kimyosi, kimyo, metallurgiya, oziq-ovqat (goʻsht va yogʻ ktlari, «Rossiya» shokolad f-kasi, pivo z-di va b.), yengil sanoatlari mavjud. GES va issiklik elektr st-yalari ishlab turibdi. Metropoliten (1987-y. dan), 10 oliy oʻquv yurti (shu jumladan, un-t), 4 teatr (shu jumladan, opera va balet teatri), 5 muzey (shu jumladan, oʻlkashunoslik va badiiy muzeylar) bor.

Shahar 1586-y. da sharq va jan. ga tobora kengayib borayotgan Rossiyaning chegara istehkomi sifatida bunyod etilgan. 19-a. da don hamda choʻchqa yogʻi, jun, teri savdosining yirik markazi. 1851-y. dan Samara gubernyasi, 1928—29 y. larda Oʻrta Volga viloyati, 1929—35 y. larda Oʻrta Volga oʻlkasi markazi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x