SALVADOR

SALVADOR (Salvador), ElSalvador Respublikasi (Republica de El Salvador) — Markaziy Amerikada, Tinch okean sohilida joylashgan davlat. Mayd. 21,4 ming km2. Aholisi 6,3 mln. kishi (2002). Poytaxti — SanSalvador sh. Maʼmuriy jihatdan 14 departament (departamento)ra boʻlingan.

Davlat tuzumi. Salvador — respublika. Amaldagi konstitutsiyasi 1983-y. dek. da qabul qilingan, unga 1991-y. tuzatishlar kiritilgan. Davlat boshligʻiprezident (1999-y. dan Fransisko Flores Peres), u umumiy toʻgʻri ovoz berish yoʻli b-n 5 y. muddatga saylanadi va navbatdagi muddatga qayta saylanish xuquqiga ega emas. Qonun chiqaruvchi organi — Qonun chiqaruvchi majlis (bir palatali parlament). Ijrochi hokimiyatni prezident va u tayinlaydigan vazirlar amalga oshiradi.

Tabiati. Salvador togʻli mamlakat, uning katta qismini 600—700 m balandlikdagi vulkan togʻlari egallaydi (eng baland joyi SantaAna vulkani, 2381 m). Jan. da Tinch okean sohili boʻylab 10—30 km kenglikdagi pasttekislik choʻzilgan. Teztez zilzila boʻlib turadi. Oltin, kumush, rux, qoʻrgʻoshin, mis va temir ruda, ohaktosh, gips, oltingugurt, tuz konlari bor. Iqlimi tropik, passatli. Oʻrtacha oylik tra SanSalvador sh. da 21—22°. Yillik yogʻin 1500—1800 mm, shim. da 2500 mm, tektonik botikda 600—700 mm. Qisqa, joʻshqin daryo, vulkanli koʻllar koʻp. Asosiy daryosi — Lempa. Asosan, jigarrangqizil ferralitlashgan tuproqlar tarqalgan. Tabiiy tropik oʻsimliklari deyarli yoʻq qilib yuborilgan, togʻlarda qaragʻay va eman oʻrmonlari saqlangan, ikkilamchi savanna maydonlari bor. Qushlar, sudralib yuruvchilar va hasharotlar koʻp. Montekristo, ElImposible milliy bogʻlari bor.

Aholisi, asosan, salvadorliklar; ularning koʻpchiligi ispanindeys metislari. Rasmiy tilispan tili. Dindorlari, asosan, katoliklar. Aholining 55% shaharlarda yashaydi. Yirik shaharlari — SanSalvador, SantaAna, SanMigel.

Tarixi. 7-a. gacha Salvador hududida indeyslarning mayya, naxua qabilalari yashagan. 16-a. da mamlakat gʻarbi va markazini indeyslarning pipil, sharqini esa lenka qabilalari egallagan. 1524-y. dan 1821-y. gacha Ispaniya mustamlakasi. 1560-y. dan Gvatemala generalkapitanligi tarkibida boʻlgan. Amerikadagi ispan mustamlakalarining 1810 — 26 y. lardagi mustaqillik uchun urushi davomida 1821-y. mustaqillikka erishdi. 1823— 39 y. larda Markaziy Amerika Qoʻshma provinsiyalari tarkibida, 1841-y. dan mustaqil davlat. Mamlakatda oʻtkazilgan islohotlar natijasida iqtisodiyot rivojlanib, 19-a. oxiri — 20-a. boshlarida sanoat korxonalari barpo etila boshladi. ljahon urushi arafasida dastlabki ishchi tashkilotlari, kasaba uyushmalari vujudga keldi. 1931-y. mamlakatda davlat toʻntarishi boʻlib, terrorchi diktatura oʻrnatildi va u 1932-y. A. Farabundo Marti boshchiligidagi qoʻzgʻolonni bostirdi. Salvador 2-jahon urushi vaqtida 1941-y. dan fashizmga qarshi koalitsiyaga qoʻshildi. 1944-y. gi yalpi ish tashlash natijasida diktatura agʻdarib tashlandi. 1969-y. S. hukmron doiralari Gondurasga qarshi urush boshladi. 5 kun davom etgan urush mamlakat iqtisodiyotiga putur yetkazdi. Bir necha yil mobaynida Salvadorda siyosiy beqarorlik hukm surdi, 1979-y. hokimiyatni qoʻlga olgan harbiy xunta xalqni qirgʻin qilish siyosatini oʻtkazdi. 3 y. davomida 40 mingdan koʻproq kishi oʻldirildi, 100 mingdan ortiq kishi vatanni tark etdi. 1980-y. Farabundo Marti nomidagi milliy ozodlik fronti tashkil etildi. 1980—92 y. larda xuntaga qarshi fuqarolar urushida 75 mingga yaqin kishi qurbon boʻddi, 1 mln. ga yaqin kishi qochoqqa aylandi. Nihoyat, 1991-y. yanv. da sulh shartnomasi tuzilib, demokratik rivojlanish yoʻliga oʻtildi. 1994-y. umumiy saylov oʻtkazildi, unda barcha siyosiy partiyalar ishtirok etdi. S — 1945-y. dan BMT aʼzosi. Milliy bayrami — 15 sent. — Mustaqillik kuni (1821).

Siyosiy partiyalari va kasaba uyushmalari. Millatchi respublikachilar ittifoqi, 1981-y. tuzilgan; Milliy yarash partiyasi, 1961-y. tashkil etilgan; S xalq partiyasi, 1966-y. asos solingan; Farabundo Marti nomidagi milliy ozodlik fronti, Siyosiy partiya sifatida 1992-y. roʻyxatga olingan; Xristiandemokratik partiya, 1960-y. tuzilgan. Kasaba uyushmalari umumiy konfederatsiyasi, 1958-y. tashkil etilgan; Umumiy mehnat konfederatsiyasi, 1983-y. tuzilgan; S. unitar kasaba uyushma federatsiyasi, 1965-y. asos solingan.

Xoʻjaligi. Salvador — agrar mamlakat. Yalpi ichki mahsulotda q. x. ulushi 15%, sanoatning ulushi 24%, xizmat koʻrsatish sohasi 61%. Aholining aksariyati q. x. da band. Yirik tovar xoʻjaliklari bilan bir qatorda mayda dehqon xoʻjaliklari ham bor. Dehqonlarning koʻpchiligi yersiz. Q. x. ga yarokli yerlarning 50% da dehqonchilik qilinadi. Asosiy eksport ekinlari: kofe (dunyoda 6oʻrin), paxta, shakarqamish; oziq-ovqat ekinlaridan makkajoʻxori, oq joʻxori, loviya, sholi, sabzavot, mevalar; texnika ekinlaridan xeniken, kunjut, indigo, tamaki yetishtiriladi. Chorvachiligi zaif. Qoramol, choʻchqa boqiladi, baliq ovlanadi. Oʻrmonlarda yogʻoch tayyorlanadi, balzam olinadi.

Sanoati sust rivojlangan. Oz miqdorda oltin va kumush, qoʻrgʻoshin, rux va mis rudalari, ohaktosh, gips qazib olinadi. I. ch. sanoati kofe, qandshakar, sholi oklash, un, yogʻ, vino, toʻquvchilik, koʻnpoyabzal, yogʻochsozlik, oyna korxonalaridan iborat. Neft haydash, metallurgiya, mashinasozlik (avtoyigʻuv), kimyo, sement, sellyuloza z-dlarining ayrimlari chetdan keltirilgan xom ashyo va chala tayyor mahsulotlar asosida ishlaydi.

Kimyo, farmatsevtika, neftni qayta ishlash, yogʻochsozlik, metallurgiya sanoati rivojlanmoqda. Xalq hunarmandchiligi (qoʻlda qalpoq, savat toʻqish va b.) rivojlangan. Yiliga oʻrtacha 3,3 mlrd. kVtsoat elektr energiyasi, asosan, GES larda hosil qilindi. T. y. uzunligi — 562 km, avtomobil yoʻllari — 12,3 ming km. Panamerika katta yoʻli Salvador orqali oʻtadi. Asosiy dengiz portlari: Akaxutla, LaUnyon, LaLibertad. SanSalvador yaqinida Ilaponga xalqaro aeroporti bor. Salvador chetga kofe, qand xom ashyosi, paxta, kimyoviy mahsulotlar chiqaradi, chetdan mashinauskunalar, keng isteʼmol mollari, yoqilgʻi va moylash materiallari oladi. AQSH, Markaziy Amerika mamlakatlari, GFR, Yaponiya bilan savdo qiladi. Pul birligiSalvador koloni.

Tibbiy xizmati, maorifi va ilmiymaʼrifiy muassasalari. Kasalxonalarning koʻpi davlat qaramogʻida. Vrachlar ElSalvador un-tining tibbiyot ftida tayyorlanadi. Umumiy taʼlim maktablari 11 y. lik boʻlib, u 9 y. lik boshlangʻich va 2 y. lik oʻrta maktabdan iborat. Oʻrta maktab oʻquvchilarining yarmi xususiy oʻquv yurtlarida taʼlim oladi. Boshlangʻich maktab oʻqituvchilarini normal maktablar, oʻrta maktab oʻqituvchilarini oʻqituvchilar tayyorlash kollejlari va un-tlarning ped. boʻlimlari tayyorlaydi. Industrial va q. x. bilim yurtlari hunartexnika taʼlimi beradi. SanSalvadorda 3 ta un-t, 4 kollej va b. oliy oʻquv yurtlari bor. Ilmiy muassasalari: S. Fanlar akademiyasi, Salvador tarixi akademiyasi (1925), yadro energiyasi komissiyasi, geotexnika tadqiqotlari markazi va b. Milliy kutubxona (1870), Milliy muzey (1883), hayvonot bogʻi va botanika bogʻi mavjud.

Matbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi. Asosiy gaz. va jur. lari: «Venseremos» («Gʻalaba bizniki», kundalik gaz., 1981-y. dan), «Diario de oy» («Bugungi gazeta», kundalik gaz., 1936-y. dan), «Unidad obrera» («Ishchilar birligi», gaz.), «Diario ofisial» («Rasmiy gaz.», kundalik gaz., 1875-y. dan), «Kultura» («Madaniyat», har chorakda chiqadigan jur.), «Militante» («Faol», haftanoma). Milliy axborot agentligi yoʻq. Salvador radiostyalari uyushmasiga 1965-y. da asos solingan. 64 tijorat radiostyasi bor, telekoʻrsatuvlar 1956-y. dan boshlangan, tijorat asosida ishlaydi.

Adabiyoti. Mayyakiche indeyslarining qad. yozuvlari hali oʻrganilmagan. Salvador mustaqillikka erishgandan keyin ispan tilida milliy adabiyot yaratildi. 19-a. oʻrtalarida romantik sheʼriyat rivojlana boshladi (M. Alvares Kastro, E. Oyos, I. Ruis Arauxo, milliy madhiya muallifi X. X. Kanyas). Keyinchalik modernizm yoʻnalishidagi shoirlar R. Dario va F. Gavidia sheʼrlari mashhur boʻldi. 20-a. boshlarida yaratilgan nasriy asarlarda maishiy turmush aks ettirildi (E. Alvarado, A. Ambroji va b.), bu davr sheʼriyati shaklbozlik va dekadentlik yoʻliga kirib ketdi. S. Salasar Arruening hikoya va romanlarida xalq va avvalo indeyslar hayoti haqqoniy tasvirlandi. 2-jahon urushidan keyin M. A. Espinoning «Odamlar va oʻlim», K. A. Kastroning «Haqiqiy ertaklar», F. Machon Vilanovaning «Qizil toʻlqin» romanlari salmokli asarlardir. R. Dalton Garsia, R. Armixo, M. de Selva va b. ning sheʼriyati ijtimoiy mavzuni rivojlantirdi.

Meʼmorligi va sanʼati qadimdan Meksika, Gvatemala, Gonduras, Nikaragua va KostaRika madaniyati bilan mushtarak. Mustamlaka davrida bir qavatli uylar, yogʻoch oʻymakorligi bilan bezatilgan pastqam cherkovlar qurildi. 1940y. lar oxirida Salvador shaharlarida zamonaviy binolar (bank, mehmonxona, idoralar) barpo etila boshladi (meʼmorlar A. Sol, Ye de Sola va b.). Tasviriy sanʼati 20-a. dan Yevropa va Meksika sanʼati taʼsirida rivojlana boshladi. S. Salarrue, X. Mexia Vides, N. Kankura, R. Elas Reyes, X. Dias, K. A. Kanyas kabi rassomlar, V. Estrada, N. Noches Avendanyo, X. Agilar Gusman kabi haykaltaroshlar mashhur. Xalq sanʼati turlaridan keramika, toshbaqa kosasi va poyadan bezak ashyolar, idishlar yasash rivoj topgan.

Ommaviy sanʼat turlaridan bayles yoki sereytes ashula va raqslarXrivojlangan. Xalq musiqa asboblari — gitara, marimba (ksilofonning bir turi), fleyta, zarbli asboblardan uyeuyetl, testonaaustle va b. 1980-y. da suratga olingan «Salvador — xalq gʻalaba qozonadi!» hujjatli filmi milliy kino sanʼati yuzaga kelganidan darak berdi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x