SALTILYO — Meksikaning shim,sharqiy qismidagi shahar. Koauila shtatining maʼmuriy markazi. Aholisi 577 ming kishi (2000). Transport yoʻllarining muxim tuguni. Meksika shim. dagi konchilik r-ni markazi. Rangli metallurgiya, ogʻir va q. x. mashinasozligi, kimyo, toʻqimachilik, jun, oziqovqat sanoati korxonalari mavjud. Meksika qoʻltigʻi sohilidan quvurlar orqali neft va gaz keltiriladi. Interamerika un-ti bor. Meʼmoriy yodgorliklardan sobor, cherkov va bogʻlar (18-a.) saqlangan. Shaharga 16-a. oxirlarida asos solingan.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые