Salor


Post Views:
35

SALOR – Toshkentning sharqiy va janubi-sharqiy qismidan o‘tgan kanal. Hozirgi Salor Bo‘zsuv kanalidagi Salor GESning quyi byefidan boshlanadi. Uzunligi 60 km, kengligi 10–15 m, chuqurligi 1–2 m. Bosh suv olish inshooti 20 m3sek. suv o‘tkazishga mo‘ljallangan. Kanaldan Dam va Polvon kanallari suv oladi, Toshkentning bir nechta sanoat korxonalari, jumladan, Toshkent issiqlik elektr markazi suv taʼminoti uchun foydalaniladi. Kanal Yunusobod, Mirzo Ulug‘bek, Hamza, Mirobod, Yakkasaroy va Sergeli tumanlari hududidan oqadi.

Salor qadimda Bo‘zsuvning chap sohilidan, hozirgi Salor GESning quyirog‘idan qazilgan. Salorga Bo‘rijar, Qorasuv oqovalari ham kelib qo‘shilgan. Natijada Salorning suvi birmuncha ko‘payib, undan Kurkuldak va Niyozboshi ariqlari chiqarilgan. Salor, Kurkuldak va Niyozboshi bo‘ylarida miloddan avval 1-ming yillik o‘rtalari va miloddan avval 1-asrlarda vujudga kelgan qadimgi dehqonchilik madaniyati yodgorliklari ko‘p uchraydi. Bu davrda Salor va uning shoxobchalari bo‘ylarida turli istehkomlar (Qovunchitepa, Kuygantepa, Niyozboshtepa va boshqalar) paydo bo‘lgan. 4–11-asrlarda Salor bo‘yida Mingo‘rik, Binkat, shuningdek, Danfiganket, Shuturket va boshqa shaharlar vujudga kelgan. 11–12-asrlarda Salor birmuncha kengaytirilgan, suvi ko‘paygan; lekin 13-asrda mo‘g‘ullar hujumidan keyin qarovsiz qolgan. Keyinchalik (19-asr) kanal o‘zani yangidan qazilgan.

So‘nggi yillarda kanal o‘zanining aksariyati taʼmirlanib, ayrim qismlari qayta qurildi. Kanalning Toshkent shahrida Mustaqillik ko‘chasi bilan tyemir yo‘l bekati ko‘prigigacha bo‘lgan qismi to‘liq qayta taʼmirlandi, obodonlashtirildi va istirohat bog‘lari tashkil etildi. Kanalning suv o‘tkazish qobiliyatini oshirish (50 m3sek.gacha yetkazish), o‘zanini betonlash ishlari olib borilmoqda.

“Toshkent” ensiklopediyasi. 2009 yil

https://shosh.uz/uz/salor/

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x