SALOMATLIK INSTITUTI

SALOMATLIK INSTITUTIOʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligiga qarashli muassasa. 2001-y. 1-aprelda Toshkentda tashkil etilgan. Salomatlik institutining asosiy maqsadi aholi oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini shakllantirish, barqarorlashtirish, barkamol avlodni tarbiyalash, jismoniy tarbiya hamda ommaviy sport harakatlarini profilaktik tibbiyot bilan uygʻunlashtirish, salomatlik uchun xavfli boʻlgan omillarni aniqlash, aholi salomatligini tahlil qilish va shu asosda sogʻliqni saklash rivojlantirishning bosh yoʻnalishini aniqlab berishdan iborat. In-tda 6 boʻlim (tashkiliyuslubiy, tahririyatnashriyot, sogʻlom turmush tarzi targʻiboti va uni oʻqitish, ommaviyaxborot, aholi salomatligi holati monitoringi va uni bashorat qilish, axborottahlil; xalqaro va nodavlat tashkilotlar bilan aloqalar va ularning ishlarini muvofikdashtirish), 14 filial (12 viloyat, Toshkent sh. va Qoraqalpogʻiston Respublikasi), 161 ta tuman, 15 ta shahar va 1 ta Navoiy konmetallurgiya k-ti Salomatlik markazlari mavjud.

In-tda 2 fan d-ri, prof. (O. M. Mirtazayev, O. B. Qutlumuratov), 465 vrach, 474 oʻrta tibbiy va b. soha mutaxassislari faoliyat koʻrsatadi. In-tda ilmiy ishlar toʻplami, monografiya va b. uslubiy qoʻllanmalar chop etiladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x