Salohiddin Toshkandiy


Post Views:
145

SALOHIDDIN TOSHKANDIY, Mullo Salohiddin ibn Mullo Alouddin xoja (19-asrning 2-yarmi – 20 -asr boshlari) – adib. Toshkentda tug‘ilgan. Hayotiga oid ma’lumotlar deyarli saqlanmagan. «Temurnoma» (1908) badiiy asarigina yetib kelgan (1990 yil Toshkentda nashr etilgan). Bu asarni yaratishda ko‘pgina tarixiy, badiiy va diniy kitobdan foydalangan. Asarning asosiy qism 47 dostondan iborat.

Amir Temurning bolaligidan tortib butun hayoti, Markaziy Osiyoni mo‘g‘ullar zulmidan ozod qilishi, Dashti Qipchoq, rus yerlari, Ural sari qilingan yurishlar, Eron, Turkiya, Shom va Iroq, Hindistonga qo‘shin tortishlar, Boyazid Yeldirim bilan bo‘lgan janglar, ular bilan bog‘liq sarguzashtlar qiziqarli hikoya qilingan.

Muallif Amir Temurga bemisl hurmat bilan yondashib, badiiy jonlantirgan.

Kitobda islom va uning vakillariga ham keng o‘rin bergan. Movarounnahrda mo‘g‘ullar istibdodi yillarida ham islom siyosatga, bosqinchilar fe’l-atvoriga ta’sir o‘tkazib turganini ta’kidlagan. Unda 500 dan ortiq tarixiy shaxslar nomi tilga olingan.

Asar jahongir shoh hayoti misolida kishilarni mehr-oqibatli bo‘lishga, o‘tmishda yuz bergan qirg‘inlardan saqlanishga, tinchlikning qadriga yetishga da’vat etadi.

«Toshkent» ensiklopediyasi. 2009 yil

https://shosh.uz/uz/salohiddin-toshkandiy-2/

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x