SALMON al-FORISIY

SALMON al-FORISIY, Abu Abdulloh Salmon alForisiy (?, Isfahon — 658) — sahoba; Muhammad (sav)ning mavlolaridan. Otasi majusiy dinida boʻlgani uchun undan ketib qolgan. Avval nasroniy diniga kirib, bir necha vaqtdan keyin Madinaga borib, islom dinini qabul qilgan. 627-y. dagi Xandaq jangirya aynan S alF. Muhammad (sav) ga Madina sh. atrofida xandaq kazishni va unga kamonchilarni joylashtirishni maslahat bergan. Arabistonda ilgari koʻrilmagan bu yangi taktik usul makkaliklar harbiy kuchining asosiy zarbdor qismini tashkil etgan badaviylar otliq qoʻshinining jangovarlik imkoniyatlarini ancha pasaytirgan. Bu kutilmagan hol boʻlib, ularni sarosimaga solgan, natijada musulmon qoʻshini zafar qozongan. Salmon al-forisiy alF. tasavvufttt asoschilaridan biri hisoblanadi. Shialar S alF. ni Llining sodiq safdoshi sifatida juda qadrlaydilar. Salmon al-forisiy alF. Madoin sh. (Iroq) ga hokim boʻlganda, boʻyra toʻqib, sotib, oʻz mehnati evaziga tirikchilik oʻtkazgan; maoshini esa muhtojlarga tarqatgan. Koʻplab hadislar rivoyat qilgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x