SALIMOV Davron Ismoilovich (1941.17.3, Toshkent) — operator, rej. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1981). VGIK (Butunittifoq Davlat kinematografiya inti)ni tugatgan (1965). 1961-y. dan Hujjatli filmlar kinostudiyasida operator (1986—93 y. lar direktor). «Toshkentda shunday qiz yashaydi», «13 qaldirgʻoch», «Ustoz, senga taʼzim qilamiz» kabi qisqa metrajli, «Yoʻlda va ona yurtda», «Toshkent, Zilzila», «Sanʼatga baxshida umr», «Oltin Bengaliya» kabi toʻlametrajli publitsistik hujjatli filmlarni, «Olmos», «Komandirning qaytishi», «Umidimiz qushlari» kabi badiiy filmlarning operatori. «Bobo» («Kumush ajdar» sovrinini olgan, Krakov), «Otaonalar uyi» kabi qisqa metrajli, «Suv keldi», «Qizilqumni dashtbiyobon demagil» kabi toʻla metrajli poetik, publitsistik hujjatli filmlarning muallif — rej., operatori. «Mehnat shuhrati» ordeni bilan mukofotlangan (2001).
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые