SALIMOV

SALIMOV Zokirjon (1940.31.12, Oʻsh) — kimyogar olim, Oʻzbekiston FA akad. (1987), Texnika fanlari d-ri (1976), prof. (1979). Toshkent politexnika in-tini tugatgach (1962), aspirant (1964 — 67), katta oʻqituvchi (1967—70), dotsent (197077), prof. (197780), kafedra mudiri (1980—85). Oʻzbekiston Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri oʻrinbosari (1985—87), Oʻzbekiston FA vitseprezidenti (1987—90), Kime in-ti (hoz. — Umumiy va noorganik kimyo inti) direktori (1990-y. dan). Ayni vaqtda lab. mudiri (1989-y. dan). Asosiy ilmiy ishlari kimyoviy texnologiyaning gidrodinamik, issiklik va moddalar almashinuvi, katalitik jarayonlarni turli omillar taʼsirida jadallash tirish nazariyasi va amaliyotiga oid. Salimov rahbarligida yuqori samarali mavhum qaynash qatlamli chang ushlagichlar, pnevmotransport va separatsion qurilmalar ixtiro qilingan, tabiiy yogʻ kislotalarini rektifikatsiya yoʻli b-n ajratish va plastinkali issikdik almashinish qurilmalari yuzasini tozalash usullari ishlab chiqilgan.

As: Kimyoviy texnologiyaning asosiy jarayonlari va qurilmalari [2 j. li], T., 1994, 1995; Polifunksionalnыye katalizatorы i gidrogenizatsionnыye protsessы neftepererabotki, (v soavtorstve) T., 2000.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x