SALERNO

SALERNO — Italiyaning jan. qismidagi shahar. Tirren dengizining Salerno qoʻltigʻi sohilidagi port. Salerno provinsiyasi va Kataniya viloyatining maʼmuriy markazi. Aholisi 144 ming kishi (2001). Dengiz kurorti. Mashinasozlik, kimyo, oziq-ovqat, tamaki, toʻqimachilik sanoati korxonalari mavjud. Qurilish materiallari ishlab chiqariladi. un-t bor. Shahar qoʻlyozmalarda mil. av. 197-y. dan tilga olingan. Shahar 11—13-a. larda oʻzining tibbiyot maktabi (9-a., Yevropada birinchi dunyoviy tibbiyot maktabi) bilan mashhur boʻlgan. 12—13-a. larda savdo va hunarmandchilik markaziga aylangan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x