SAIDMUROD PANOH OʻGʻLI (1858 — Buxoro viloyati Qiziltepa tumani Kenagas qishlogʻi — 1945) — oʻzbek dostonchisi. Yoshligidan doston yodlash, soz chalishni urgangan. 1888—1903-y. larda Qiziltepa t. y. qurilishida, 1930-y. dan kzda ishlagan. El orasida Murod jmrov nomi bilan tanilgan. Saidmurod Panoh Oʻgʻli «Alpomish», «Guroʻgʻli» turkum dostonlari, «Odilxon», «Shirin va Shakar», «Kuntugʻmish», «Ahmadxon», «Yusuf bilan Ahmad», «Sanobar», «Oshiq Gʻarib», «Maston kampir», «Choʻpon qiz» kabi 20 ga yaqin xalq dostonlarini mohirona kuylagan. Unda «Alpomish», «Odilxon», «Goʻroʻgʻlining Qrimga borishi» dostonlari va bir kancha termalar shoirning hamqishlogʻi Shamsi Murodov (1925 — 45) tomonidan yozib olingan. «Amirning oʻlponchilariga qarshi», «Kunlarim», «Gulzorim bor» va b. asarlar muallifi.
As: Odilxon [dostonlar, termalar], T., 1972.