Saida Zunnunova

(1926–1977)

Taniqli shoira Saida Zunnunova 1926-yil 15-fevralda Andijonda tugʻildi. 1947–1952-yillarda Toshkent davlat universiteti filologiya fakultetida oʻqidi. Talabalik yillaridayoq birin-ketin bir qator toʻplamlarini kitobxonlar hukmiga havola qildi. “Qizingiz yozdi” (1948), “Yangi sheʼrlar” (1950) toʻplamlari shular jumlasidandir. Shundan soʻng S. Zunnunovaning bir qator sheʼriy va nasriy asarlari maydonga keldi. Mazkur asarlarida shoira ayolning maʼnaviy dunyosi, nazokati, imon-eʼtiqodi, iztirobalamlari, yutuq va quvonchlarini yurakdan kuyladi. Shoira ijodi va insoniy fazilatlari haqida uning umr yoʻldoshi, yozuvchi S. Ahmad shunday yozadi: “Saidaxon ellik bir yil umr koʻrib, birovga bosh egmadi. Imonini mahkam ushladi. Oʻziga gard yuqtirmadi. Olamdan halol, pokiza yashab oʻtdi. Laganbardorlik, birovga mutelik, hasadgoʻylik unga begona edi.

Kurashsiz, mehnatsiz shodlik, kulgini

Oʻgʻirlik mol deyman, qilaman hazar.

Qalbimningparchasi singmasa agar,

Rozimasman, birov hadya etsa zar.

Bu satrlar Saidaxonning sheʼrda chizilgan suratiga oʻxshaydi…”

Saida Zunnunova ayni ijodiy kamolot yoshida 1977yil vafot etdi. Quyida uning 1963–1966-yillar orasida yozilgan “Ruh bilan suhbat” asari bilan tanishasiz. Unda shoira urushning insonlar boshiga solgan adoqsiz kulfatalamlari va bu anduhlarning bardoshiga, irodasiga zarracha daxl qilolmagan ayolning insoniy fazilatlarini koʻrsatib berolgan.

Bu asar imon-eʼtiqodi mustahkam ayollarga bitilgan madhiyadir. Doston urush tufayli ota mehrini koʻrmagan, katta mashaqqatlar bilan oʻstirgan oʻgʻlining nikoh kechasidan keyingi iztirobli xotiralari bilan boshlanadi. Unda ikki kechinma farzandi kamoli, uning toʻyini koʻrganlikdan quvonch va shu kunga yetolmaganlar haqidagi alamli xotiralar kurashadi.

 

Nazira GʻULOMOVA

 

“Ona tili va adabiyot” (“Sharq” nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati, Toshkent – 2014) darsligidan.

https://saviya.uz/ijod/adabiyotshunoslik/saida-zunnunova/

1 1 голос
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x