SAID MAHRUYJON MAJMUASI

SAID MAHRUYJON MAJMUASI — Xivadagi meʼmoriy yodgorlik (1884). Said Muhammad Maxruyjon maqbarasi atrofida barpo etilgan Madrasa, qorixona, maqbara va b. dan iborat majmua. Said Maxruyjon madrasasi (40,0×53,0 m)ga gʻarbdan 2 kichik Madrasa (Kichik Mahruyjon); qorixona va Kichik Mahruyjon maqbarasi (11,0×14,1 m) tutash. Katta hovliga jandan 3 gumbazli miyonsaroy orqali kiriladi. Madrasa burchaklaridagi anʼanaviy darsxona va masjid oʻrniga hujra va qoʻshimcha xonalar joylashgan. Hujralar oldi ravokli. Madrasaning shim. da xrvli ichkarisiga Said Maxruyjon maqbarasi qurilgan. Undagi Muhammad Rahim II va Temurgʻozi toʻra sagʻanalarini usta B. Voisov koshin b-n serhasham bezagan Majmuaning jan. sharqida, ichki xrvli atrofida olti gumbazli masjid, darvozaxona, ziyoratxona, maqbara va hujralar joylashgan. Masjid va maqbara (36,0×35,0 m) chorsi gumbazli, hujralar balxi gumbazli. Majmuaning gʻarbida 2 katta va 3 kichik xona mavjud.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x