SAID AHRORIY, Muhammad Said Abdurashidxoʻja oʻgʻli Ahroriy (1895, Makka — 1931.25.4, Moskva) — jamoat arbobi, jurnalist. Asli xoʻjandlik boʻlib, Turkiston ruslar tomonidan zabt etilgach, ota-onasi Makkaga, undan Turkiyaning Istanbul sh. ga koʻchib borgan. Said Ahroriy 1911—12 y. larda «Turon taʼmimi atfol» jamiyatida masʼul kotib. Ismoil Gasprinskiy va Mahmudxoʻja Behbudiy bilan uchrashdi (1912). 1-jahon urushida ishtirok etdi. 1917-y. Fevral inqilobidan keyin Toshkentga kelib, maktablarda dars bera boshladi. «Turk soʻzi» gaz. muharriri (1917). Said Ahroriy, Muhammad Sayd, Tayfun, Qoyaalp taxalluslari bilan gaz. va jur. larda sheʼr, maqolalar yozdi. Buxoro davlat nashriyoti rahbari, «Ozod Buxoro» gaz. maʼsul muharriri, BXSRning Ozarbayjondagi siyosiy vakili (1920—21). Uning «Buxoro joʻgʻrofiyasi» (Yoqubov bilan hamkorlikda, 1923), «Xotin-qizlarga tortiq» (1924), «Oʻzbek atamalari lugʻati» (1926) kitoblari chop etilgan, dramasi (1929) oʻzbek drama teatrida qoʻyilgan. 1930-y. «Milliy ittihod» tashkilotiga aʼzolikda ayblanib hibsga olingan. 1989-y. oqlangan. Istiqlol munosabati bilan Said Ahroriyning Tanlangan asarlari nashr etildi (2001). Ad:. Ahrorova H., Izlarini izlayman, T., 1998.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые