SAID ABDULLAXON

SAID ABDULLAXON (? 1933, Krivoy Rog sh., Ukraina) — Xiva xoni (1918—20), qoʻngʻirotlardan. Feruzshtt oʻgʻli. Ukasi Asfandiyorxon suiqasd natijasida oʻldirilgach, Junaidxon tomonidan Xivaga xon qilib koʻtarilgan (1918-y. 3 okt.). S. A. jismoniy jihatdan zaif va irodasiz boʻlib, Xiva xonligidagi barcha ishlarni amalda yasovulboshi Davlatmurod maxram orqali Junaidxon boshqargan. Junaidxon oʻz kishilari: Choriqboy (Toshhrvuz), Safar Depmechi (Ilyali), Qilich Qora (Porsu), Goklan bola (Mangʻit), Anna Geldibek (Taxta), Xalil Maxsum (Urganch), Shixim Sulgʻun (Xiva)larni hokim qilib tayinlagan.

Xiva xonligi qizil askarlar tomonidan bosib olingach, Said Abdullaxon taxtdan voz kechishga majbur boʻldi (1920-y. 2 fev.) va iltimosiga kura, u Xivada qoldirilgan. Biroq, Xivadagi Muhammad Aminxon madrasasida qozikalon Ibrohim Oxun boshchiligida boʻlgan ulamolarning qizil askarlarga qarshi koʻtargan isyoni (1920-y. 23 iyun) dan keyin, bu isyonga hech qanday aloqasi boʻlmasa ham Said Abdullaxon va uning harami, yaqin qarindoshlari, 10 toʻra hamda Hikmatilla Oxun (qoziaskar), Obid Oxun va b. Xorazm Xalq Sovet Respublikasi (XXSR)dan badargʻa qilingan (1920-y. yozi). Dastlab Moskvadagi Lubyanka — 2; Novospassk, Ivanovo monastirlaridagi qamoqxonalarga tashlangan. 1923-y. da Said Abdullaxon va uning avlodlari Ukrainaning Yekaterinoslav gubernyasiga surgun qilingan. U surgunlikda 10 y. yashagan. Soʻngra kasallanib, vafot etgan. Xorazmlik adib Qoʻzi Davat Said Abdullaxon haqida «Xusumat» (Nukus, 2001) tarixiy romanini yozgan.

Ad.: Davlatyor Rahi m , Sh ixnazar Matrasul, Feruz. Shoh va shoir qismati, 1kitob, T., 1991; Xudoyberganov K., Xiva xonlari shajarasi, Xiva, 1996; Xorazm tarixi, 2j., Urganch, 1997; Polvonniyoz Hoji Yusupov, Yosh xivaliklar tarixi (xotiralar), Urganch, 2000.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x