«SAHIHI TERMIZIY», «Sunani Termiziy» — 6 ta ishonchli hadis toʻplamidan biri. Abu Iso Muhammad Termiziy yozgan. «alJomiʼ assaqih» («Ishonarli toʻplam»), «alJomiʼ ulkabir» («Katta toʻplam») nomlari bilan ham yuritiladi. «Sahihi Termiziy» Termiziyning 20 y. davomida oʻzga yurtlarda hadislarni oʻrganib, yigʻib, soʻng ustozi va zamondoshi Buxoriy bilan maslahatlashib yiqqan toʻplamidir. U tartibi eng ixchamligi, takrori eng ozligi bilan ajralib turadi. Unda boshqa hadis kitoblarida uchramaydigan xususiyatlar bor. Chunonchi, har bir bobning hadisi zikr qilingandan keyin, xuddi shu bobga tegishli hadis rivoyat qilganlarning ismlari sanab oʻtiladi; fiqhiy masalalarda faqixlarning fikrqarashlari zikr qilinadi; har bir hadisning ishonarlilik va zaiflik darajasi aniqlab beriladi va «sahih» ustiga «hasan» belgisi («juda sahih», «beshak sahih» maʼnosida) kiritiladi. «Sahihi Termiziy» kitobida Imomi Aʼzam mazhabi jihatlari eʼtiborga olingan. 6 jilddan iborat «Sahihi Termiziy» 1jildining oʻzbekcha tarjimasi 1999-y. Toshkentda nashr etildi.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые