SAGOVNIKSIMONLAR, sikada simonlar (Cycadopsida) — ochiq urugʻli oʻsimliklar sinfi. Tanasi tugunaksimon yoki turpsimon, baʼzilariniki ustunsimon; boʻyi 18—20 m. Tanasining yuqori qismida qirqquloqsimon, patsimon qattiqbarg (uz. 3 m gacha) bogʻlamlari bor. Bargi 1—2 y. dan keyin toʻkiladi. Sagovniksimonlar ikki uyli, megasporalar va mikrosporalardan koʻpaadi. Qubbasi oʻzak. 9—10 turkumga boʻlingan 100 tacha turi maʼlum. Asosan, tropik va subtropik mamlakatlarda tarqalgan.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые