SAGʻANAQSOY (Qoraqushsoy) Samarqand viloyatidagi soy, Korasuv daryosi irmogʻi. Uz. 30 km, havzasining mayd. 100 km2. Qoʻytosh tizmasining jan. yon bagʻridagi buloqdan (bal. 1700 m) boshlanadi. Yuqori oqimida Ugat qishlogʻigacha Nuchkalisoy deb ataladi. Kiykim qishlogʻidan pastda yozda qurib qoladi. Qoryomgʻir suvlaridan toʻyinadi. Oʻrtacha koʻp yillik suv sarfi 0,258 m3/ sek., oqim moduli 5,8 l/sek. km2. Oʻrtacha yillik suv sarfi 0,609 m3/sek. dan (sersuv yilda) 0,047 m3/sek. gacha (kamsuvli yilda). Bahorda sersuv, baʼzan toshadi.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые