Masaki Imamura
Kurash chogʻi keldi bugun,
Safni tuting, kishilar!
Bu balodan xalos etur –
Yurtni metin kishilar!
Bitsin Kisi hukumati!
Bitsin barcha sotqinlar!
Kecha yurtni qirgʻin etgan,
Bugun uni xarid qilar!
Olgʻa bosing, yor-birodar,
Olgʻa yuring, oʻrtoqlar.
Vatanini jondan sevgan
Bugun uni ardoqlar!
Saflaringiz qattiq tuting,
Qoʻli qadoq kishilar!
Dushmaningiz tor-mor eting,
Sizni zafar olqishlar!
Vatanini chin sevganlar,
Bir saf boʻling ushbu choq,
To pokiza boʻlgunicha
Xoinlardan bu tuproq!
Birlashmoqning vaqti yetdi,
Maydonga kir, yovni ur!
Bizning qoʻlda barcha quvvat,
Qani, ey xalq, olgʻa yur!
Shuhrat tarjimasi
https://saviya.uz/ijod/nazm/safni-tuting-kishilar/