SAF

SAF (arab. — qator, sira) — harbiy boʻlinma va qismlarning birgalikda harakat qilishi uchun muayyan tartibda joylashuvi. Quldorliktuzumining vujudga kelishi turli qoʻshin qismlarini maʼlum tartibga solish, Saf tuzishni taqozo etgan. Yaqin Sharq, Yunoniston, Qad. Rim va Karfagenda qurolyarogʻlarning va harbiy ishning takomillashuvi, jang aravalarining paydo boʻlishi jangovar Safga alohida diqqat qilishga zamin yaratgan. Turkiy xalqlar tomonidan jahon harbiy sanʼati tarixida birinchi boʻlib otliq askarlar S. ining joriy kilinishi suvoriy qoʻshinining dushman kuchlari ustidan toʻla ustunligini taʼminlagan.

Zamonaviy Saf — harbiy xizmatchilar, kichik boʻlinmalar va qismlarning Nizomga koʻra, piyoda va mashinalarda birgalikda harakat qilish uchun joylashuvi. Bunda qanotlar oʻrtasidagi masofa — S. ning eni, 1sherenga (oldinda turgan harbiy xizmatchi)dan soʻnggi sherenga (oxirida turgan harbiy xizmatchi) orasidagi, mashinalar bilan turganda esa, 1chiziqda (oldinda) turgan mashinalar b-n soʻnggi (orqadagi) chiziqda turgan mashinalar oʻrtasidagi masofa — S. ning boʻyi deb ataladi. Boʻlinmalar 1 yoki 2 sherenga (mashinalar liniyasi)ga yoxud kolonnalar liniyasiga Nizom yoki komandir belgilab qoʻygan oraliq masofani saqlagan holda tizilishi — yoyiq S. boʻlib, shuningdek, boshqa zarur hollarda qoʻllaniladi. Boʻlinmalarning Nizom yoxud komandir belgilab qoʻygan oraliq masofani saklagan holda kolonnalarga tizilishi — yurish Si deb ataladi. U boʻlinmalarning marshni bajarishi, tantanali marsh va ashula bilan oʻtish kabi bir joydan ikkinchi joyga koʻchishi, shuningdek, boshka zarur hollarda qoʻllaniladi. Safni boshqarish — komandirning ovoz, signal va shaxsiy namuna, shuningdek, texnik va harakat vositalari orqali beriladigan buyruqlari orqali amalga oshiriladi.

Kolonna boʻyicha buyruqlar kichik boʻlinmalar komandirlari (mashina boshliqlari) va tayinlangan kuzatuvchilar orqali uzatilishi mumkin.

Hamidulla Dadaboyev, Xudoynazar Jumanazarov.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x