SADRIYEVA

SADRIYEVA Zaynab (1914.25.10, Astraxon — 1991.31.10, Toshkent) — Oʻzbekiston xalq artisti (1952). 1930—33 y. lar oʻzbek ishchi-yoshlar teatrida, 1933—87 y. lar Hamza teatrida, 1987 — 91 y. lar Abror Hidoyatov nomidagi teatrda ishlagan. Aktrisaning oʻziga xos isteʼdodi qismati ogʻir, lekin irodasi kuchli ayollar xarakterini yaratishda monumental obrazlari ochildi. Kruchinina («Aybsiz aybdorlar»), Lyubov Yarovaya («Lyubov Yarovaya»), Xristina («Roʻyxatlarda yoʻq») va b. shular jumlasidan. Shuningdek, Sadriyeva ijodida qattiqqoʻl, hukmini oʻtkazishga oʻch ayollar obrazi alohida oʻrin tutadi: Gavharshod begimMirzo Ulugʻbek»), Tangabeka («Oy tutilgan tunda»), Hojiona («Boy ila xizmatchi») va b. Mumtoz asarlardagi Milfordxonim («Makr va muhabbat»), Gertruda («Hamlet»), Vassa, Glafira («Vassa Jeleznova», «Soʻnggi qurbon») kabi obrazlari ijtimoiy va psixologik jihatdan teran va tugalligi bilan ajralib turadi. Ayniqsa, Sadriyeva yaratgan Farmonbibi («Kelinlar qoʻzgʻoloni») milliy boʻyoqlarga boyligi, hayotiyligi bilan katta muvaffaqiyat qozondi. U bir qancha filmlar [«Gang daryosining qizi» (Chata Patxayaxonim), «Suyunchi» (Anzirat), «Armon» (oshpaz ayol) va b. ]da ham suratga tushgan. Hamza nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureati (1979).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x