Tarjimai hol
Abu Muhammad Muslix ad-Din ibn Abd Alloh Saadi Sheroziy — fors-tojik nasihatgo‘y shoiri, adib va mutafakkir g‘azal janrining kashshofi va ustodi hamdir.
Odatda, Saadining hayoti va ijodi uch qismga bo‘linadi: 1219 yildan 1226 yilga qadar — maktab davri, 1226 yildan 1256 yilgacha — jahongashtalik davri, 1256 yildan 1293 yilgacha — shayhlik davri.
“Saadi” tahallusining kelib chiqishi Fors Saad ibn Zangiga (1195—1226) borib taqaladi. Hayotdan erta ko‘z yumgan shoirning otasi uning qo‘lida xizmat qilgan, Musdih ad-Dinning tarbiyasida ishtirok etgan. Saad ibn Zangi Muslih ad-Dinning hamkorligi ostida Bog‘doddagi Nizomiya madrasasiga o‘qishga kiradi. So‘fi shayhlarining qo‘lida dars oladi va ularning zohidiy tariqatlariga chuqur kirishib ketadi. Biroq, Saadi tomonidan yozilgan she’rlar hayotga bo‘lgan o‘spirinlik sevgisi va quvonchi bilan tarovat sochib turadi; shayh Abul-Faraj Juziy uning musiqaga bo‘lgan sevgisini davolay olmaganligini uning shaxsan o‘zi qarigan chog‘i tan olgan.
Mo‘g‘ullar istilosi va Saadi ibn Zangining 1226 yil taxtdan ag‘darilishi sabab, Saadi qochishga majbur bo‘ladi va hayotining keyingi 30 yili davomida qismat uni musulmonlar olamining bir chekkasidan boshqachiga tashlaydi. Hindistonda, budxonada o‘z hayotini saqlash maqsadida Saadi otashparastlar dinini (zoroastrizm) soxta tarzda qabul qiladi va soqchi ruhoniyni tosh bilan o‘ldirib, qochadi. Saadi Makkaga 14 marotaba piyoda tashrif buyuradi. Mumtoz arab tilini mukammal darajada bilishi tufayli, Damashq xatibi bo‘ladi, ammo dunyo tashvishlaridan toliqib, Quddus ostidagi dashtlarda yolg‘iz yashaydi. Bu yerda u hoj ko‘taruvichlariga asir tushib, ular olimni Suriya sohiliga olib kelishadi va Tripolida uni qal’a qurilishi uchun chuqur kavlashga majbur qilishadi. Uni 10 tangа evazida Aleppolik bir boy sotib oladi, uyiga olib kelib, o‘zining badbashara va janjalkash qiziga uylab qo‘yadi. Chidab bo‘lmas oila hayotidan qutilish maqsadida, u Shimoliy Afrikaga qochib ketadi.
Butun Kichik Osiyo bo‘ylab sayohat uni Sherozga olib keladi (1256) va marhum Saadining o‘g‘li Abu Bakrning yordami bilan shahar chekkasidagi masjidda umrining oxirigacha yashaydi. “Shaharning eng nufuzli aslzodalari va fuqarolari shayhning huzuriga kelardi, deydi Davlat shoh”.
Saadi juda ko‘p she’rlari va nasriy asarlarni yozgan, pand-nasihat o‘rnida ko‘plab o‘z hayotidan namunalar olgan. Dunyoning butun tashvishini boshidan o‘tkazgan Saaddi o‘zining zamondoshlari va o‘tmishdoshlari bo‘lmish Fariduddin Attor va Jaloliddin Rumiy, shayh Abdulqodir al Jiloniy va boshqalarning so‘fichilik qarashlari bilan nazariy jihatdan hamfikrdir. Ammo odamlarni yaxshi bilgan Saadi barcha ham dunyodan o’z xohishiga ko’ra keta olish qobiliyatiga ega emasligini va inson tanaga faqat sirli tafakkurdagina barham berishga qodir ekanligini tushungan. Shuning uchun Saadi dunyoviy zohidlikni turmushga bog‘laydi: tinchlikda yashashni, lekin unga qaram bo‘lib qolmaslikni, uning shafqatsizligini anglashni va yer yuzidagi narsalarni yo‘qolishiga har bir soatda tayyor bo‘lishga chorlaydi.
1257 yil u “Bo‘ston” nomli she’riy risolasini yozib, uning to‘qqizta bobidagi misralarda so‘filik falsafasi va axloqini bayon qilib, qiziqarli masal hamda hikoyalar bilan jamlaydi. She’riy tuyg‘ularning chuqurligi va axloqiy g‘oyalarning balandligi bilan “Bo‘ston” — barcha so‘fiy adabiyotining eng buyuk asarlaridan biridir. To‘g‘rirog‘i, “Bo‘ston” emas, “Guliston” (1258 yil she’riy misralar bilan aralash tarzda yozilgan). “Guliston” o‘ziga xos milliychilik jozibasiga ega, shu sabab, ko‘plab mashhur maqol va matallar bilan boyitilgan. “Guliston”ga o‘xshash yana bir, deyarli quruqroq asar “Pandnoma” kitobi hisoblanib, Attorning shu nomli kitobi ham bo‘lganligi bois, bu asar Saadi qalamiga mansubligi to‘liq isbotlanmagan.
Saadining boshqa asarlarining uchdan ikki qismini devonlar tashkil qilib, ko‘proq lirik janrga oid. Saadi ijodining ahamiyatli jihati shundaki, u so‘fichilik g‘azallari didaktikasini sevgi g‘azallarining go‘zalligi va o‘ziga xosligi bilan mujassam eta olgan. Undagi har bir baytni ham sevgi ohangida, ham falsafiy-didaktik kalit tarzida o‘qish mumkin. Ushbu an’ananing keyingi davomchisi boshqa bir fors shoiri Hofiz Sheroziy bo‘ladi. Saadining qabri Sherozda, uning maqbarasida joylashgan.
• Merkuriydagi vulqon Saadining sharafiga nomlangan.
• Dushanbedagi katta yo‘l Saadi sharafiga nomlangan.
Rus tiliga tarjimalar
• Haqiqat. Fors va tojik xalqlari, shoir va donishmandlarining hikmatli so‘zlari. Naum Grebnev tarjimasi, “Fan”, Moskva 1968; Mumtoz-alifbo, 2005 — 256 b., ISBN 5-352-01412-6
• Guliston// Falsafiy qaytlar. — Voronej, 1862.
Senmisan, yo bog‘ima sarvi ravonim keldimu?
Yo malak odamsifat bo‘lgan zamonim keldimu?
Ud tutatmoq bo‘ldimu bo‘ston aro do‘stlar ishi,
Yoki yorim keldi, yo mushk korvonim keldimu?
Sorbon, solgil nazar zebo nigorim husniga,
Gar haridor bo‘lsa, tutdim qo‘lda jonim, keldimu?
Endi hech dardu alam birla o‘tirmam uyda man,
Keldimu bozorga gul, javlonli onim keldimu?
Garchi sen oning sanam tarzini inkor aylasang,
Men hamon ko‘zim nigoron — jonajonim keldimu?
Ko‘zlarim gar qayta ko‘rmoqda nigorim chehrasin,
Vah, magarkim murda tanga qayta jonim keldimu?!
Harnakim, mendan ketishga hozir erdi bog‘ladi,
Barcha hayrat etdi yo oromijonim keldimu?
Nay agar ozodalar majlici ichra nolavash,
Zaxmidindur nolasi, ul jon fig‘onim keldimu?
Uyqudek xummor ko‘zingdan ajragach bir lahza, ayt,
Uyqusiz ko‘zlarga xobi nogahonim keldimu?
Nola qilma, Sa’diyo, jabr etsa yoring, himmat et,
Yor jabri yorga o‘tgay, soyabonim keldimu?!
Do‘stlarimning suhbati xuddi olam jannati,
Yo jahannamning o‘ti nomunosib suhbati.
Gar azizlar suhbati birla o‘tsa bir nafas,
Shul nafasni bil hayot hosili ham sharbati.
Ko‘z, quloq, til bo‘lsa ham, barcha odam bo‘lmagay,
Qancha ko‘rdim devu jin — misli odam surati.
Xush chiroydan ham bashar husnn ortar-ku, faqat —
Odam o‘lg‘ay shul kishi bo‘lsa go‘zal siyrati.
Men hasadni bilmasam, hasratin bilmas edim,
Hasad o‘tin soladi yor qo‘shilgan fursati.
Kim bahorni ko‘rmasa ko‘kalamzorga chiqib,
Robia’ oyida ham bor muharram qimmati.
Ko‘zi doimo go‘zal chehrada dil bo‘lsa tosh,
Nasihatga ko‘nmagay, dil to‘liq jaholati.
Kezdim olam yuzini, topmay orom asarin,
Bo‘lsa faqat sevgili yor quchog‘in rohati.
Ahli dillar tomiridan toza xun oqsa agar,
Do‘st visoli malhami, dori topgan illati.
Molu duiyo yaxshidur, tan sharifu jon aziz,
Barchasidan ham baland yori vafodor hurmati!
Mumsik odam kulfati — molu dunyo tashvishi,
Do‘st-la shodon o‘tadi Sa’diyning har soati.