SADAQA (arab. — xayrehson) — miskin, bechorahol, qashshoq va muhtoj kishilarga beriladigan majburiy yoki ixtiyoriy xayrehson. Sadaqaning majburiy turiga zakot, xiroj, ushr, fitr, kaforat, ixtiyoriy turiga xudoyi, toʻy, ziyofatlar, xayriya tashkilotlariga, jamgʻarmalarga beriladigan moddiy xarajatlar kiradi. Odatda, Sadaqa deganda fakat muhtojlarga, gadolarga beriladigan narsa tushuniladi. Lekin liniy istilohda Sadaqa xayrehsonning barcha turlari uchun qoʻllanilaveradi. Islomda Sadaqa qilishga koʻp targʻibot qilinadi. Uning savobi, fazilati va foydasi toʻgʻrisida Qurʼon va hadislarda taʼkidlangan.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые