DO`STLARGA ULASHING:
Kerakli mahsulotlar: 2 dona pomidor, 1 dona bulg‘ori qalampir, 50 g makkajo‘xori, 5 g zanjabil, 1 dona piyoz, 1 dona sabzi, 100 ml pomidor qayla, 1 g tuz, 1 g garmdori, 50 g sariyog‘, 50 g zaytun yog‘i.
Tayyorlanishi:
- Sabzi yarim doira shaklida, piyoz maydalab kesiladi, zanjabil archiladi.
- Qalampir tozalanib, to‘g‘raladi.
- Sariyog‘ qozonda eritiladi va piyoz, sabzi, qalampirni solib, qovuriladi.
- To‘g‘ralgan pomidor va makkajo‘xori qo‘shiladi, ozgina qovuriladi.
- Pomidor qaylasi, zanjabil, zaytun yog‘i, garmdori va tuz solinadi, suv quyib qaynatiladi. Tayyor bo‘lgan sho‘rvani issiq yok sovutilgan holda suzish mumkin.
Ozodaxon Ahmadqulova tayyorladi.
soglom.uz/tavsiya/sabzavotli-parhez-shorva/