SABZAVOT, POLIZ EKINLARI, KARTOSHKACHILIK INSTITUTI

SABZAVOT, POLIZ EKINLARI, KARTOSHKACHILIK INSTITUTI, Oʻzbekiston sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkach il ik ilmiy tadqiqot instituti — Oʻrta Osiyoda sabzavotchilik, polizchilik va kartoshkachilik sohasidagi eng yirik ilmiy va metodik markaz. Oʻzbekiston Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xoʻjaligi ilmiy-i. ch. markazi tarkibida. 1960-y. da VASXNIL Oʻrta Osiyo filiali tarkibidagi Oʻzbekiston sabzavot va kartoshka ekinlari tajriba st-yasi (1934) bazasida mustaqil i. t. in-ti sifatida tashkil etilgan. 1992-y. dan hozirgi nomda. Toshkent viloyati Toshkent tumani Koʻksaroy qishlogʻida joylashgan. In-tda 9 laboratoriya: sabzavot va poliz ekinlari seleksiyasi, urugʻchiligi; oʻsimliklarni himoya qilish; agrokimyo; kartoshka ekinlari seleksiyasi va urugʻchiligi; biotexnologiya; oʻsimliklar fiziologiyasi va sifati; qishloq xoʻjaligi iqtisodiyoti va uni tashkil qilish; sabzavotpoliz ekinlari va kartoshka yetishtirish texnologiyasi; himoyalangan maydon sabzavot chiligi mavjud (2004). Int tarkibida Markaziy tajriba xoʻjaligi va respublikaning turli tuproq-iqlim mintaqalarida joylashgan Andijon, Buxoro, Qashqadaryo, Navoiy, Samarqand, Surxondaryo, Sirdaryo va Xorazm viloyatlarida tayanch boʻlimlari bor. Tajriba xoʻjaligi va tayanch boʻlimlarining barcha sugʻoriladigan yer mayd. 800 ga dan ortiq. In-tda respublikamizning turli tuproqiqlim sharoitiga mos sabzavotpoliz oʻsimliklarining 25 ga yaqin turi boʻyicha seleksiya, urugʻchilik, kartoshka urugligini yetishtirish ishlari olib boriladi. Oʻtgan davr mobaynida in-t olimlari tomonidan 150 dan ortiq sabzavot-poliz ekinlari navlari yaratilib, ulardan 96 nav Davlat reyestriga kiritildi.

Oʻzbekistonning issiq iqlim sharoitida kartoshkaning ertagi va kechki muddatda isteʼmol uchun va urugʻlik maqsadida yetishtirish, yaʼni mahalliy nav yaratish, tuganaklarning aynib ketishini bartaraf etish, navlar boʻyicha mintaqalarda joylashtirish, ekish muddatlarini anikdash, yuqori hosil olish texnologiyasi ishlab chikildi. Sabzavot, poliz va kartoshka ekinlarida uchraydigan zararkunanda va kasalliklar biologiyasi oʻrganilib, ularga qarshi kurash choralari i. ch. ga keng joriy qilindi. Int Pokiston, AQSH, Koreya, Gollandiya, Turkiya, Hindiston, Xitoy, Qozogʻiston davlatlarining ilmiy muassasalari bilan hamkorlik qiladi. Int faoliyati olimlardan G. O. Zeman, A. K. Karimov, V. N. Yermoxin, P. N. Dudko, M. N. Kulakova, K. Yusupov, N.

G. Kuznetsova, O. Ya. Fonina, V. Ya. Volkov, A. A. Abdukarimov, S. K. Qoʻchqorov, N. R. Bakuras, A. S. Shchukina, A. Obidov, A. B. Boqiyev, A. S. Hakimov va b. nomlari bilan bogʻliq. In-tda R. A. Xakimov, A. M. Abbosov, X. 3. Umarov, Ye. V. Yermolova, M. X. Aromov, V. V. Brejneva, A. I. Rasulov va b. dolzarb muammolar ustida tadqiqotlar olib bormoqdalar. Int 400 dan ortiq, shu jumladan 40 ta xalqaro koʻrgazmalarda ishtirok etgan. In-tda aspirantura, muzey, ilmiy kutubxona bor.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x