SABZAVOT EKINLARI asosan, sabzavot olish uchun yetishtiriladigan madaniy oʻsimliklar guruhi. 120 dan ortiq ekiladigan turi maʼlum. 10 oilaga mansub 90 turi koʻp tarkalgan. Sabzavot ekinlari karamdoshlar (karam, sholgʻom, rediska, turp va b.) , soyabonguldoshlar (sabzi, selderey, petrushka, ukrop va b.), shoʻradoshlar (lavlagi va b.), qovokdoshlar (bodring, tarvuz, qovun, qovoq), tomatdoshlar (pomidor, baqlajon, qalampir), burchoqdoshlar (mosh, noʻxat, loviya), murakkabguldoshlar (salat va b.), piyozdoshlar (piyoz, sarimsoq), torondoshlar (rovoch, otquloq) boshoqdoshlar (shirin donli makkajuxori) botanik oilalariga boʻlinadi. Piyozdoshlar va boshoqdoshlar bir pallali, qolganlari ikki pallali usimliklarga mansub. Sabzavot ekinlari oʻsishi va rivojlanishi davomiyligi tipiga koʻra, bir yillik (bodring, pomidor, qalampir, baqlajon), ikki yillik (sabzi, karam, piyoz, sarimsok, va b.) va koʻp yillik (shovul, otquloq va b.) ekinlarga boʻlinadi. Mahsuldor organlari (yeyiladigan qismi)ga koʻra 5 guruhga: i l dizmevalilar (sabzi, lavlagi, sholgʻom, turp, rediska), piyozlilar (piyoz, sarimsok,), mevali sabzavotlar (pomidor, baklajon, kalampir, bodring, tarvuz, qovun va b.), bargli sabzavotlar (karam, ukrop, ismaloq, selderey, petrushka), dukkakli sabzavotlar (koʻk nuxat, loviya, jandiq)ga bulinadi. Ikki yillik Sabzavot ekinlarida 1-yili ovkatga ishlatiladigan hosil organlari yetishadi. 2-yili ular urug (piyoz, sarimsok, karam va b.) beradi. Koʻpchilik Sabzavot ekinlari issiqsevar, tuproq unumdorligi va namga talabchan (yana q. Sabzavotchilik). S. e. jahondagi barcha dexdonchilik mintaqalarida yetishtiriladi.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые