SABRON, Savron — Turkiston sh. ning shim. da mavjud boʻlgan qad. shahar va viloyat. Maxmud Koshgʻariyning yozishicha, Sabron yirik turk qabilasi — oʻgʻuzlar qoʻlida boʻlgan. Sabron 10-a. da kuchli chegara qalʼa hisoblangan. Maqdisiyning yozishicha, u 7 qator devor bilan oʻralgan. 11-a. dan shahar bir necha asr oʻz ahamiyatini yoʻqotgan, chunki Chingizxon yurishlari haqidagi asarlarda Sabron umuman tilga olinmaydi. Yoqut Hamaviy (13-a.) ham uning ajamlar (arab boʻlmagan xalqlar), yaʼni turkiy xalqlar shahri boʻlganligini taʼkidlaydi. Sabron oʻtuzlar hududi bilan qoʻshni turkiy qabila — kimaklar (qipchoqlarning bir toifasi) yeri chegarasida joylashgan boʻlib, baland devorlar bilan ihota qilingan. 1065-y. S saljuqiy sultonlardan boʻlgan Alp Arslon tomonidan zabt etilgan. 13-a. da Joʻji ulusining sharqiy kismi — Oq Oʻrdaga tobe boʻlgan. Amir Temurning Oltin Oʻrdaga kilgan yurishlari davrida qattiq shikastlangan.
Shayboniylar davrida muhim strategik qalʼa hisoblangan. 16-a. ga kelib baland devor va chuqur xandaklar bilan oʻralgan mustahkam qalʼa sifatida qayd etilgan. Mashhur avliyo Mir Arab Sabronlik boʻlgan. 200 ta hind qullari kavlagan, dunyoda tengi yoʻq 2 ta koriz qurdirgan. Sdan 1 farsax narida boʻlgan korizning boshlanishi ustiga qalʼa qurilgan. Suv, hoʻkiz bilan aylantirilgan chigʻir orqali yuqoriga olib chiqilgan. 1582-y. Abdullaxon II shaharni egallagan, kanal qazish, dehqonchilik ishlarini yana yoʻlga qoʻygan, lekin Sabron oz fursatdan soʻng qozokdar hukmronligiga oʻtgan. Rossiya imperiyasining bosqini paytida qalʼa sifatida mavjud boʻlmagan.