SABATYE Pol (1854.5.11, Karkasson — 1941.14.8) — fransuz kimyogari. Parij FA aʼzosi (1913-y. dan). Tuluzadagi Oliy pedagogika in-tini tugatgan (1877). Parijdagi de Frans kollejida assistent (1878—80), Bordo (1881), Tuluza (1882—90) un-tlari xodimi (1884-y. dan prof.). Asosiy ilmiy ishlari termokimyo va katalizga oid. Ilk bor organik birikmalar sintezida asl metallar oʻrniga katalizator sifatida nikel, mis, kobalt va temirdan foydalangan. Nobel mukofoti laureati (1912).
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые