SAʼVA

SAʼVA (Carduelis carduelis) — chumchuqsimonlar turkumi vyuroklar oilasiga mansub sayroqi qush. Tanasining uz. 13—16 sm, vazni 20 g ga yaqin. Peshonasi va tomogʻi qizil, qanoti sariq yoʻlli qora. Orqasi jigarrang, boshining tepa qismi oq, ensasi atrofi qora. Yevropa, Osiyo va Shim. Afrikada tarqalgan. Urmon, toʻqay va bogʻlarda yashaydi. Oʻzbekistonning togʻli hududlarida uchraydi. Uyasini daraxt shoxlariga ildiz tolalari, ot qili va oʻsimlik tolalari, jun va patlardan quradi. 4—6 ta tuxum qoʻyadi. Tuxumini modasi 12 — 13 kun bosadi. Bolalari 13—15 kundan keyin uyasidan uchib chiqadi. Ularni ota-onalari yana 6—8 kun boqadi. 1 yilda 2-marta koʻpayadi. Hasharotlar va oʻsimlik urugʻlari bilan oziqlanadi. Qafasda boqiladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x