SAʼDIYEV Xayrulla Habibovich — (Toshkent) — Oʻzbekiston rassomlik. sanʼati in-tini tugatgan (1963). 1963— 86 y. larda Yosh tomoshabinlar teatrida, 1986-y. dan Satira teatrida aktyor. S, asosan, komik aktyor boʻlib, dramatik, xarakterli rollarni ham meʼyoriga yetkazib ijro etishi, oʻtkir satirik va lirik portretlar ustasi sifatida ajralib turadi. Maneko («Polizdagi voqea») uning sahnada yaratgan ilk obrazidir. Keyinchalik Xlestakov («Revizor»), Dartanʻyan («Uch mushketyor»), Konfetvoy («Suqatoy Konfetvoy»), Ali («Ali va Vali»), Mushuk («Etik kiygan mushuk»), Mishka Dadone («Toshkent — non shaxri»), Shum bola («Shum bola»), Afandi («Afandining yoshligi»), Yusuf («Tobutdan tovush») kabi rollarni ijro etib shuxrat qozondi. Kino («Akmalning sarguzashtlari»da ertakchi chol; «Shiddat»da Mamat; «Xorazm afsonasi»da masxaraboz; «Toʻylar muborak»da kuyovning doʻsti; «Arslonning sarguzashtlari»da Qoʻrqinch; «Xumcha»da choyxonachi; «Margʻiyona»da masxaraboz; «Alpomish»da Toychaxon; «Meshpolvon»da Rayhon qiziq va b.), televizion spektakl va filmlarda (Shum bola, «Shum bola»; Anvar, «Izlayman»; Sobir, «Uchrashuv», Jalil, «Shaytanat» kabi) ham suratga tushgan. Maxsus teatrlashgan dasturlarda Afandi, asabiy odam, lektor kabi obrazlar yaratgan. S, shuningdek, televizion miniatyuralar teatrining doimiy katnashchisi.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые