SAʼDIYEV Yodgor Habibovich (1946.12.6, Toshkent) — aktyor, rej. Oʻzbekiston xalq artisti (1998). Toshkent teatr va rassomlik sanʼati intini tugatgan (1971). 1968-y. dan hoz. Oʻzbek milliy akademik drama teatri, shuningdek, 1998-y. dan Oʻzbekiston ichki ishlar vazirligi birlashgan tahririyati qoshidagi «Qalqon» studiyasining badiiy rahbari. Saʼdiyev ijodi ijtimoiy, falsafiy va gʻoyaviy mazmun ila yoʻgʻrilgan boʻlib, qahramonlar xususiyatini, ijtimoiy muhit bilan munosabatlarini, ichki dunyosi va kechinmalarini psixologik oʻtkir tarzda talqin etishi bilan ajralib turadi. Kaxramonga dramatik xatti-harakat, ohang, imo-ishora topa olishi, uning ichki va tashqi tomonini uygʻunlashtira olishi bilan diqqatga sazovor. «Mirzo Ulugʻbek» spektaklidagi Fransiya elchisi sahnadagi ilk obrazidir. Karl Morr («Qaroqchilar»), Kochkaryov («Uylanish»), ertakchi («Qor malikasi»), Gʻofir («Boy ila xizmatchi»), Prometey («Olovni tashlama, Prometey»), Kichik oʻgʻil («Gʻariblar»), Bobur («Yulduzli tunlar»), Klimkov («Roʻyxatlarda yoʻq»), Arslon («Oyna»), Abdurahmon («Mehrobdan chayon»), Filipp («Roʻyo», 1983-y. shu rol uchun yilning eng yaxshi erkak rolini olgan), Abror Hidoyatov («Tomosha davom etadi») kabi rollari bilan mashhur. Saʼdiyev kinoda «Dilbarim»da Abdusalom, «Oʻn uch terak koʻchasi»da Olimjon, «Armon»da Dadaboʻri, «Yengilmas»da Shayx Jaʼfar, 20 qismli «Shaytanat»da Asadbek roli bilan shuxrat krzondi. «Shaytanat»ning 7 dan 20-qismigacha Saʼdiyev rej. lik ham qilgan. Shuningdek, telefilm, videofilm va telepostanovkalar («Abu Ali ibn Sino»da Ibn Sino, «Diyonat»da Jabbor, «Girdob»da Yoʻldosh, «Alisher Navoiy»da Badiuzzamon, «Imon»da Orifjon, «Ichkuyov»da Oʻrinboy, «Soʻnggi oʻq»da Jahongir va b.)da xam oʻynagan. Rej. sifatida «Aldagani xotin yaxshi» (J. Puare), «Tungi mehmon» (F. Bogdanov), «Xayot eshik ortida» (S. Sirojiddinov) kabi spektakllarni sahnalashtirgan. Dublyajda 700 ga yaqin filmda ovoz bergan. Hamza nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureati (1989).
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые