RUTENIY

RUTENIY (lot. Ruthenium) , Ru Mendeleyev davriy sistemasining VIII guruhiga mansub kimyoviy element. Tartib rakami 44, at. m. 101,07. Tabiiy Ruteniy massa sonlari 96, 98—102 va 104 boʻlgan 7 ta barkaror izotopdan iborat, eng koʻp tarqalgani 102Ru (31,61%). R. 1844-y. da Qozonda K. Klaus tomonidan kashf etilgan va Rossiya sharafiga Ruteniy deb atalgan. R. Yer poʻstining massa jihatidan 510—7% ini tashkil qiladi. Ruteniy, asosan, platina guruhidagi metallar bilan birga uchraydi. Tugʻma platinada 0,02% atrofida Ruteniy boʻladi. Ural konlaridan olinadigan osmiyli iridiyda 20% gacha Ruteniy bor. R. kumush rang, juda qattiq metall, suyuklanish trasi 2250°, kaynash trasi 4900°, zichligi 12,2 g/sm3. R. ning amorf va kristall modifikatsiyalari mavjud. Amorf Ruteniy kora tusli kukun, u R. birikmalarini eritmalarda qaytarish natijasida hosil boʻladi. Amorf Ruteniyni suyuq qalayda eritib, qayta kristallash yoʻli bilan kristall Ruteniy olinadi.

Ruteniyning oʻz birikmalarida valentligi 0 dan 8 gacha. Ruteniyning metall boʻlagi zar suvida ham erimaydi, lekin kukun holatdagisi sulfat va perxlorat kislotalar bilan reaksiyaga kirishadi. Ruteniyning RuO4 tarkibli oksidi, (RuOH)3nH2O tarkibli gidroksidi, RuCl2, RuCl3, RuCl4, RuBr3, Rul3, RuF5 tarkibli galogenidlari, RuS2 tarkibli sulfidi va (RuNO3)36H2O tarkibli kristallogidrati maʼlum.

Ruteniy juda koʻp kompleks birikmalar hosil qiladi. Osmiy bilan Ruteniy qotishmasidan pero, baʼzi asboblarning magnit xossalarga ega boʻlmagan detallari tayyorlanadi. Ruteniyning nikel, kobalt, molibden, volfram, bor va kumushli qotishmalaridan elektr lampalarning choʻgʻlanish tolalari, zargarlik buyumlari, lab. jihozlari, kontakt materiallar va simlar ishlanadi. Katalizator sifatida, chinni va sopol uchun boʻyoq tayyorlashda, K2[RuCl6] tarkibli kompleks tuzi fotografiyada qoʻllanadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x