RUSUDANA

RUSUDANAGruziya malikasi (1222—45). Malika Tamara (1184 — 1213) ning qizi. R. Gruziyaning 6salib yurishida qatnashishi xususida Rim papasi b-n kelishib olgandi, lekin bu rejani amalga oshishiga 1225-y. da xorazmshoh Jaloliddin Manguberdi boshchiligidagi qoʻshinning Gruziyaga kirib kelishi xalaqit bergan. Jaloliddin Rusudanaga kishi yuborib, unga uylanmoqchi ekanligini, oʻzini podshoh deb tan olishlarini hamda birgalikda moʻgʻullarga qarshi kurashishlari lozimligini bildiradi.

Nasaviyning yozishicha, R. Jaloliddin nasroniy diniga oʻtsagina uning taklifini qabul qilajagini shart qilib qoʻyadi. Xorazmshoh bu shartni katʼiyan rad etgan va jangni boshlab yuborgan. U Sharqiy Gruziyani 1225-y. da zabt etgan. Moʻgʻullar istilosi davrida Rusudana moʻgʻul qoonigatobe boʻlgan (1235). Gruziya oʻlpon toʻlab, moʻgʻullarning harbiy yurishlarida qoʻshin yuborish majburiyatini olgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x