RUSTAMOV Husni Rustamovich

RUSTAMOV Husni Rustamovich (1910.21.3, Toshkent) — kimyogar olim. Oʻzbekiston FA akad. (2000). Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan va texnika arbobi (1967). Kime fanlari d-ri (1954), prof. (1955). Oʻrta Osiyo untini tugatgan (1932). Urush qatnashchisi (1941—45). Toshkent Politexnika in-ti fizik-kimyo kafedrasi mudiri(1945 — 86), profkonsultant (1987-y. dan). Asosiy ilmiy ishlari kislotaasos katalitik reaksiyalarining kinetikasi va mexanizmi hamda adsorbsiya jarayonlarini oʻrganishga oid. Rustamov metallarni ekstraksiya va choʻktirish yoʻli bilan ajratish jarayoni muvozanati, kinetikasi va mexanizmini tekshirish natijasida kobalt, nikel va volframni turli qoʻshimchalardan tozalash va ularni bir-biridan ajratish texnologiyalarini ishlab chiqdi. Maktab va oliy oʻquv yurtlari uchun kimyodan darslik va qoʻllanmalar muallifi.

As: Umumiy ximiya [darslik], 2nashr, T., 1969; D. I. Mendeleyevning davriy qonuni va elementlar davriy sistemasi, T., 1969; Fizik kimyo [darslik], T., 2000; Texnologik jarayonlarning fizik-kimyoviy asoslari [darslik], T., 2001; Fizik kimyodan masalalar va misollar toʻplami. T., 2003.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x