RUSSKIY OROLI — Shim. Muz okeani va Tinch okeandagi bir necha orolning nomi. Eng yiriklari:
1) Kara dengizidagi Nordensheld arxipelagida (uz. 38 km, eni 14 km gacha). Mayd. 309 km2. 1935-y. dan qutb stansiyasi bor. Tundra oʻsimliklari bilan krplangan;
2) Yapon dengizidagi Buyuk Petr qoʻltigʻida, Vladivostok sh. dan jan. da (uz. 18 km, eni 13 km gacha), keng bargli oʻrmonlar bilan krplangan.