RUSLAR

RUSLAR — xalq, Rossiya Federatsiyasining asosiy aholisi (taxm. 120 mln. kishi). Ukrainada 11,35 mln. kishi, Qozogʻistonda 6,23 mln. kishi, Oʻzbekistonda 1,65 mln. kishi, Belorussiyada 1,34 mln. kishi, Qirgʻizistonda 916,6 ming kishi, Latviyada 900 ming kishi, Moldaviyada 560 ming kishi, Estoniyada 475 ming kishi, Ozarbayjonda 390 ming kishi, Tojikistonda 390 ming kishi, Litvada 345 ming kishi, Gruziyada 340 ming kishi, Turkmanistonda 330 ming kishi, Armanistonda 51 ming kishi, shuningdek, Amerika mamlakatlarida (asosan, AQSHda 1 mln. kishi, Kanada va b. mamlakatlarda jami taxm. 1,4 mln. kishi) va Gʻarbiy Yevropada yashaydilar. Umumiy soni 146,5 mln. kishi (1990y. lar oʻrtalari). Rus tilida soʻzlashadi. Dindorlari — asosan, pravoslavlar. Ruslar, ukrain va beloruslar kabi, urugʻqabilachilik munosabatlarining yemirilishi va Kiyev atrofida Qad. Rus davlati vujudga kelishi jarayonida sharqiy slavyan qabilalaridan shakllangan kdd. rus elatidan paydo boʻlgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x