RUSHON TIZMASI — Gʻarbiy Pomirdagi togʻ tizmasi (Tojikiston). Uz. 120 km. Eng baland joyi Patxor choʻqqisi — 6080 m. R. t. granitoid, metamorfik va gilli slaneslar, kvarsit, qumtosh, ohaktosh, gneyslardan tarkib topgan. Yon bagʻirlari tosh uyumlaridan, subtropik dashtlar va shuvokli chala choʻl hamda choʻl vodiysi landshaftlaridan iborat. Daryo vodiylarida tol, jirgʻanoq, terak, doʻlana, qayin oʻsadi.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые