RUSHDIY Muhammad Siddiq

RUSHDIY Muhammad Siddiq (17a., Qoʻqon) — shoir va yozuvchi. Umrining oxirgi yillarini Qashqarda oʻtkazgan. Rushdiyning bizga qadar ixchamgina axloqiytaʼlimiy mazmundagi dostoni hamda katta hajmdagi «Tazkirat ulavliyoi turkiy» asari yetib kelgan. «Tazkirat ulavliyoi turkiy»da Mansur Xalloj, Boyazid Bistomiy, Robiya Adaviya, Abu Turob Naxshabiy, AtTermiziy, Junaid Bagʻdodiy, Ibrohim Adham singari Sharqning 88 mashoyixi haqida maʼlumot beriladi. Rushdiy bu asarini yozishda arab va fors tillaridagi 14 manbadan, shuningdek, xalq ogʻzaki ijodi durdonalaridan foydalangan. Kitob turkiy tilda yozilgan, avliyolar — sufizm taʼlimoti daholari haqida eng mukammal maʼlumot beradigan yagona tazkiradir. Tazkiraning birdanbir nusxasi Nizomiy nomidagi Toshkent pedagogika un-tining qoʻlyozmalar fondida saqlanadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x