RUSANOV Fyodor Nikolayevich

RUSANOV Fyodor Nikolayevich (1895.25.5, Chelyabinsk uyezdi — 1979, Toshkent) — botanik olim. Oʻzbekiston FA akad. (1966), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1965), biol. fanlari d-ri (1944), prof. (1955). Omsk q. x. institutini tugatgan (1927). Oʻzbekiston FA botanika bogʻi asoschisi va direktori (1943—76), 1976-y. dan ilmiy konsultant. Ilmiy ishlari Ustyurt, Mangʻishloq, Muyunqum, Kizilkum, ChuIli vodiylarining florasi, oʻsimliklar qoplami va xom ashyosini oʻrganishga bagʻishlangan. Rusanov maʼlum iqlim sharoitida oʻsadigan oʻsimliklarni iklimi boshqacha joyda oʻstirish (introduksiya) va iklimlashtirish usullarini ishlab chiqqan. «Turkum kompleksi» va «Umumflora introduksiyasi» usuli shular jumlasidandir. Rusanov chatishtirish yoʻli bilan gibiskus, gokk, piramidasimon dub singari manzarali oʻsimlik navlarini yaratgan. Rusanov raxbarligida 14 jiddli «Oʻzbekiston dendrologiyasi», «Oʻzbekiston introduksiyasi» nomli 27 toʻplam chop etilgan.

As: Gruntovoye svetovodstvo v Uzbekistane, T., 1948; Ozeleneniye v arxitekture gorodov Uzbekistana, T., 1951; Gibridnыye gibiskusы, T., 1965; Teoriya i opыt pereseleniya rasteniy v usloviyax Uzbekistana, T., 1974.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x